Instagram olamida: Asal Shodiyevadagi ba'zi o‘zgarishlar va Nargiz Zokirova haqida...

Jamiyat 15:54 / 11.06.2016 59793

Zarina Munisaga taqlid qilyaptimi?

Zarinaning yangi imijidan muxlislar noroziga o‘xshaydi. Aktrisaning kelinlik libosida tushgan surati ostida ayrim muxlislar turli e'tirozlarini yozib qoldirgan. Ba'zilar Zarinaning kelin bo‘lgisi kelyapti desa, muxlislardan biri Zarinaning Munisa Rizayevaga o‘xshab qolganligini  aytgan.

Nargiz Zokirovova do‘stiga minnatdorchilik bildirdi

Nargiz Zokirovaning turmush o‘rtog‘i bilan ajrashayotganligi haqidagi shov-shuvlar hozircha tinganicha yo‘q. Ammo kuni kecha u instagramdagi sahifasi orqali do‘stini quchoqlab tushgan surati ostida Kobichga do‘stligi va sadoqati uchun minnatdorchilik bildirdi.

Sardor Rahimxon hamkasblarini muvaffaqiyati bilan bilan tabrikladi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon aktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra'no Shodiyeva hamda “ElDiDo” guruhi xonandasi Dilniyozni hayotlaridagi jiddiy voqea bilan tabrikladi.

Kuni kecha O‘zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti talabasi aktrisa Ra'no Shodiyevaning diplom ishini a'lo bahoga himoya qilganligi haqida xabar bergan edik. Aktrisa magistrlik darajasini oldi. Sardor Rahimxon aktrisani ushbu muhim hodisa bilan tabriklab, “Sevimli aktrisamni magistrlik bilan tabriklayman”, deya izoh qoldirgan.

P/S:  “ElDiDo” guruhi xonandasi Dilniyoz ham aktrisaning kursdoshi bo‘lib, u ham magistrlik darajasiga ega bo‘lgan.

Asal Shodiyeva familiyasi o‘zgarganligini ma'lum qildi

Aytish mumkinki, Sevinch va Sharofdan so‘ng san'atkorlarning birgalikda turmush qurishi urfga aylandi.  Ana shunday juftliklardan biri Shohruhxon va Asal Shodiyeva bo‘lib, ularning yaqinda bo‘lib o‘tgan to‘yi shov-shuvi haligacha tingani yo‘q. Kelin - Asal Shodiyeva bugun instagramdagi sahifasida to‘y fotosessiyalaridan birini joylashtirib, familiyasini: Shodiyeva (Yuldasheva) tarzida o‘zgarganligini ma'lum qildi.

Shuhrat Yo‘ldoshevdan rafiqasining suratini qo‘yishini so‘rashmoqda

Xonanda Shohruhxonning ukasi Shuhrat Yo‘ldoshev akasining to‘yidan so‘ng instagramagi sahifasida ilk oilaviy suratini joylashtirdi. Surat ostiga esa “Oilam” deya izoh qoldirdi. Shuhrat Yo‘ldoshevning ijodiga omad tilagan muxlislar undan o‘z rafiqasining suratini ham sahifasida joylashtirishini so‘ragan.

Shohruhxon: “Sening baxting-mening baxtim”

Shohruhxon esa rafiqasi bilan fontan bo‘ylab sayr qilmoqda. Ushbu daqiqalar muhrlangan surat ostiga esa “Sening baxting-mening baxtim” deya izoh qoldirgan. Muxlislar ikki yoshga baxt tilab, bir umr birgalikdagi umrguzaronlik qilishlarini tilab qolishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: