Fransiyaning Air France aviakompaniyasi uchuvchilari, maoshlarini ko‘tarishni talab qilib, ish tashlashni boshladi, deb xabar qilmoqda Associated Press.
Ma'lum bo‘lishicha, unda kompaniyaning 25 foiz ishchilari qatnashmoqda. Shu munosabat bilan, aviakompaniya reyslarining bir qismini bekor qilgan.
Avvalroq, Air France uchuvchilari kasaba uyushmasi SPAF, kompaniya xodimlarini, past maoshlarga qarshi Yevro — 2016ning birinchi haftasida ish tashlashga chaqirgan edi.
Ish tashlash 11 iyundan 14 iyungacha bo‘lib o‘tishi kerak.