Eron milliy neft kompaniyasi (NIOC) Ispaniya, Gretsiya va Italiya kompaniyalari bilan Yevropaga neft yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzdi, deb ma'lum qildi kompaniyaning xalqaro aloqalar bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i Muhsin Kamsari, deb xabar bermoqda Presstv.
"Eron Italiya (Saras), Ispaniya (Repsol) va Gretsiya (Hellenic Petroleum) kompaniyalari bilan neft sotish bo‘yicha kelishuv imzoladi", deb aytdi Kamsari.
Kamsarining aytishicha, ayni vaqtda boshqa kompaniyalar, jumladan Shell bilan muzokaralar olib borilmoqda. Eron vakillari bu kompaniyalar bilan yaqin orada shartnomalar tuzishga umid qilmoqdalar.