Britaniyalik qo‘shiqchi Rod Styuart “musiqa va xayriyaparvarlik sohasidagi xizmatlari uchun” ritsarlik unvoni bilan mukofotlandi, deb yozmoqda The Telegraph.
71 yoshli musiqachi 1149-mukofotlangan sifatida qirolicha Yelizaveta II ning 90 yilligi munosabati bilan e'lon qilindi.
Styuartning aytishicha, uning uchun bu mukofot juda oliy, o‘z hayotida boshqasini kutmagan ham. Uning ta'kidlashicha, faoliyatining mana shunday yuksak cho‘qqiga ko‘tarilishida britan xalqining xizmatlari cheksiz.