Damashq yaqinida 2ta portlash yuz berib, 9 kishi halok bo‘ldi

Jahon 14:14 / 11.06.2016 4601

Suriya poytaxti Damashq shahrining shialar istiqomat qiluvchi mavzesi Saida Zaynabda 2ta portlash yuz berdi.

Sputnik axborot agentligining shahar xavfsizlik xizmatidagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, ushbu teraktlar qurbonlari soni 9 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozircha bu teraktlar uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmadi.

Dastlabki ma'lumotlarda portlash avtoturargohdagi avtomobillardan biriga o‘rnatilgan qurilma harakatga keltirilishi orqali sodir etilgani aytilgandi. Yana bir portlash Damashq janubida terrorchi ayol o‘zini portlatib yuborishi orqali amalga oshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: