Rossiya Federatsiyasi rivojlangan demokratik davlat barpo etish yo‘lida ishonch bilan odimlamoqda. Qirg‘iziston davlat rahbari Almazbek Atambayev Rossiya kuni munosabati bilan prezident V. Putinga yo‘llagan tabrik maktubida shunday so‘zlarni keltirgan.
"Kun sayin Rossiyaning xalqaro maydondagi obro‘si ortib bormoqda. Ishonchim komil, uning o‘rni qirg‘iz-rossiya strategik hamkorligining birgalikda choralari tufayli xalqlarimiz kelajagi uchun yanada mustahkamlanadi", - deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati tarqatgan telegrammada.
Atambayev shuningdek, Rossiya kuni bilan Rossiya prezidenti va xalqini "chin yurak"dan tabriklagan. U RF rahbariga "o‘z rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar", Rossiya xalqiga esa "baxt, gullab-yashnash va farovonlik" tilagan.