Apple, Samsung va Microsoft planshetlar savdosidan tushgan daromadlarni taqsimlab olishdi

Fan-texnika 15:34 / 11.06.2016 4008

Strategy Analytics tahliliy kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2016 yil birinchi choragida Windowsning mobil dasturi operatsion dasturlar bozorining 14 foizini egallagan. iOS va Android dasturlari Microsoft platformasini tegishli ravishda 22 va 64 foizga ortda qoldirgan. 

Microsoft 1,1 million dona, ya'ni 950 mln dollarlik planshetlarini sotishga erishgan. Garchi, mobil dasturlar bozorining 64 foizini egallagan bo‘lsa-da, "yashil robot"li planshetlar ishlab chiqaruvchilarga kompaniyalarning umumiy daromadining 41foizini keltirgan. Apple esa, umumiy daromadining 39 foizini planshetlari savdosidan olgan. 

Shunday qilib, shartli reytingda Microsoft 8 foizlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rinni egallagan. Undan so‘ng, 7 foizga ega noma'lum brendlar keladi. Apple va Samsung esa, 39 va 16 foiz bilan birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan.

Ko‘proq yangiliklar: