Andijon mashinasozlik instituti Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Nurli kelajak” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni”ni tashkil etdi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimligi mutasaddilari, Andijon mashinasozlik instituti professor-o‘qituvchilari, Turin Politexnika universiteti vakillari, viloyatdagi kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish viloyatdagi akademik litsey va kasb-xunar kollejlari bitiruvchilarini Oliy ta'lim muassasalariga jalb etish, Andijon mashinasozlik instituti va Toshkent Turin Politexnika universitetini 2016-2017 o‘quv yillari uchun belgilangan qabul kvotalaridagi so‘ngi o‘zgarishlar bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.
Seminar - yig‘ilishni Andijon mashinasozdik instituti rektori A. Teshabayev ochib berdi va institutda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik doirasida olib borilayotgan faoliyat to‘g‘risida gapirib o‘tdi.
Tadbir davomida Toshkent Turin politexnika universiteti professor assistenti Jaloldin Yusupov so‘z olib, nufuzli oliygohga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan Farg‘ona vodiysi AL va KHKlarining iqtidorli o‘quvchilari uchun Toshkent Turin Politexnika unversitetini 2016-2017 o‘kuv yillari qabuli va kirish imtixonlari onlayn tizimida Andijon mashinasozlik institutida topshirishlariga imkoniyat yaratilganligi hakida ma'lumot berdi. Tadbirda ishtirok etayotgan bitiruvchi o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar
Xayrullo VASIYeV,
Andijon Mashinasozlik instituti, axborot xizmati xodimi.