Albaniya - Shveytsariya: Yevropa chempionati tarixida ilk marta aka va uka o‘zaro raqib bo‘ladi

Sport 17:40 / 11.06.2016 6971

Albaniya va Shveytsariya terma jamoalarining Yevro—2016 birinchi turidagi uchrashuvi uchun boshlang‘ich tarkiblari ma'lum qilindi.

Yevropa chempionati tarixida ilk marta aka-uka futbolchilar bir-biriga qarshi maydonga tushadi: albanlar tarkibida 25 yoshli Taulant Chaka, shveysariyaliklar tarkibida esa uning ukasi, etnik alban bo‘lsada, shveysariyaliklar uchun o‘ynashni tanlagan 23 yoshli Granit Chaka o‘yinning ilk daqiqalaridanoq maydonda harakatlanadi. Lansda kechadigan bu uchrashuv shu jihati bilan tarixga kirishi mumkin.

Bu ikki futbolchi ham ayni vaqtda Shveytsariyada istiqomat qiladi. Ayni vaqtda katta Chaka "Bazel" a'zosi hisoblanadi, uning ukasi esa biroz oldinroq "Borussiya M" jamoasi safidan "Arsenal"ga o‘tdi.

Albaniya: Berisha, Xyusay, Tsana, Mavray, Agoli, Kukeli, T. Chaka, Roshi, Abrashi, Lenyani, Sadiku.

Shveytsariya: Zommer, Lixtshtayner, Shyor, Juru, Rodriges, Jyemaili, Behrami, G. Chaka, Shakiri, Mehmedi, Seferovich.

Ko‘proq yangiliklar: