Kiyim taxlashni yaxshi ko‘radigan biror kimsani bilasizmi? Agar bu savolga "yo‘q" deb javob bersangiz, u holda siz yolg‘iz emassiz. Biroq FoldiMate bilan zerikarli kiyim taxlash jarayoni endilikda o‘tmishda qolishi mumkin.
FoldiMate saytidagi "Sizning kiyim taxlovchi do‘stingiz" deb nomlangan robot qurilma ko‘pchilik yomon ko‘rgan ishni bajonidil bajaradi. U bu ishni sizdan ancha yaxshi amalga oshiradi. Qurilma sizning ko‘ylaklaringizni ortiqcha gap-so‘zsiz taxt qilib qo‘yadi, buning uchun unga bir daqiqadan kam vaqt kerak bo‘ladi.
Undan foydalanish oson. Shunchaki kiyimingizni integratsiyalashgan qurilmaga qistirib, unga qanday kiyim turi ekanligini aytsangiz bo‘ldi - qolgan ishni FoldiMate'ning o‘zi uddalaydi.
Qurilma narxi - 700-850 dollar atrofida.