Janubiy Koreya prokuraturasi Lotte Group kompaniyasida tintuvlar o‘tkazdi

Jahon 11:13 / 10.06.2016 4186

Koreya Respublikasi prokuraturasi Lotte Group'ning bosh qarorgohi, uning yettita shoxobchasi va rahbar xodimlarining uylarida tintuv o‘tkazgan. Nazorat organi xabar qilishicha, bu amaliyotlar o‘g‘irlik va boshqa noqonuniy harakatlarni amalga oshirishga oid gumonlar bilan bog‘liq. 

"Tintuv o‘tkazilgan shoxobchalar orasida - Hotel Lotte Co, Lotte Homeshopping telekanali va chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi Lotte Shopping Co'lar ham bor", - deyiladi xabarda. 

Prokuratura vakillari kompyuter xotiralari, buxgalterlik va boshqa hujjatlarni musodara qilishgan. Guruhning bir qator yuqori lavozimli xodimlariga, tergov ishi poyoniga yetguncha yashash joylarini tark etmaslik belgilab qo‘yildi. 

Huquq-tartibot idoralari Lotte'ni, shoxobchalari orasidagi pul o‘tkazmalarida firibgarliklarga yo‘l qo‘yish orqali hukumat mulozimlarini sotib olish va turli xil kampaniyalarni o‘tkazish maqsadida yashirin jamg‘arma tashkil etganlikda gumon qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: