Peru sobiq bosh vaziri Pedro Pablo Kuchinski prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘olib bo‘ldi. Perudagi saylov jarayonlari milliy idorasi tomonidan nashr etilgan ma'lumotlar shundan dalolat beradi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Kuchinski saylovchilarning 50,12 foiz ovoziga ega bo‘ldi. Uning raqibi sobiq prezident Alberto Fuximorining qizi - Keyko Fuximorini esa 49,88 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatladi.
Saylovning birinchi bosqichidan keyingi natijalarni o‘rganib chiqqan Ipsos - Kuchinskining 50,4 foiz, Fuximorining 49,6 foiz ovoz to‘plaganini ma'lum qilgan edi.
GFK kompaniyasi so‘roviga ko‘ra, Kuchinski 51,2 foiz ovoz yig‘ib, Keyko Fuximoridan ustun kelgani xabar qilingan.