Yaponiyada may oyining oxiridan buyon to‘rt kishi ayiqlar hujumidan halok bo‘ldi

Jamiyat 10:43 / 10.06.2016 4409

May oyining oxiridan beri Yaponiyada to‘rt kishi ayiqlar hujumidan halok bo‘ldi, deya xabar berdi Akita prefekturasi politsiyasi.

Aynan shu hududda to‘rtinchi holat qayd etilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Akita prefekturasi tog‘laridagi o‘rmondan ertalab tilka-pora qilingan tana topilgan. Tanadagi alomatlar uning ayiq hujumi qurboni bo‘lganidan dalolat beradi.

9 iyun kuni politsiyaga 70 yoshli ayolning qarindoshlaridan bildirishnoma kelib tushgan. Unga ko‘ra, keksa ayol shu hududdagi o‘rmonga ketgan va qaytib kelmagan. Politsiya ertalab topilgan tana qoldiqlari shu ayolga tegishli deb taxmin qilmoqda. 

Politsiya bergan ma'lumotlarga ko‘ra, bu may oyining oxiridan buyon inson ayiqlar hujumidan halok bo‘lgan to‘rtinchi holatdir.

Ko‘proq yangiliklar: