Aqto‘beda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida besh nafar terrorchi yo‘q qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi axborot xizmati xabar tarqatgan.
"Tezkor qidiruv tadbirlar natijasida Nekrasov ko‘chasida terrorchilar yashiringan uy aniqlandi. Terrorchilar bilan muzokaralar davomida ular qurollarni topshirib, taslim bo‘lishga ko‘nmadi. Maxsus kuchlar tomonidan o‘tkazilgan shturm orqali kvartirada bo‘lgan to‘rt terrorchi yo‘q qilindi", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, bu vaqtda shaharning boshqa qismida, Myasoyedov va Ardinov ko‘chalari chorrahasida yana bir terrorchi politsiya patrulini silliq stvolli miltiqdan o‘qqa tutgan. Politsiya xodimlaridan ikki nafari yengil jarohat olgan, terrorchi esa yo‘q qilingan.
Bundan oldinroq, aksilterror amaliyot vaqtida hududdan tinch aholi vakillari evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi.
Endilikda yana bir jangarini qidirish ishlari davom etmoqda.