9 iyunga o‘tar kechasi, Braziliyaning janubidagi San-Paulu shahri chekkasida avtobus bilan sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida, 17 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 29 nafar odam jarohatlangan. Bu haqda, Globo gazetasi sayti xabar qilmoqda.
Nashrning yozishicha, ko‘ptonnalik mashina ag‘darilib ketgan va yo‘l chetidagi pastlikka qulagan. Avtobusda turli universitetlarning 46 nafar talabasi bo‘lgan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.