Rossiyaning maishiy texnika va elektronika sotuvchi savdo tarmog‘i "M.Video" 5-7 iyun kunlari isitish asboblari savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 299 foizga o‘sganini qayd qildi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi ma'lum qildi.
Shuningdek, joriy yilning aprel-mayida isitgichlar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oshgan.
5-7 iyunda sotilgan suv isitgichlar miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga oshgan.
Isituvchi asboblar savdosining keskin oshishi Rossiyaning Yevropa qismida iyunda hukm surayotgan sovuq ob-havo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.