Bluetooth xomilador ayollarni aniqlashga yordam bermoqda

Fan-texnika 22:45 / 09.06.2016 11428

Xomilador ayollarga ommaviy transport vositalarida har doim ham joy berasizmi? Kimdur ha deb javob bersa, kimdur esa ularni aniqlash mushkul bo‘ladi deb aytishadi. Janubiy koreyalik muhandislar Pink Light deb nomlanuvchi qiziq bir tadqiqotni amalga oshirishdi. 

Ular bir necha homilador ayollarga Bluetooth-breloklar topshirib, Pusan-Kimxe temir yo‘li vagonlarini maxsus indikatorlar bilan jihozlashdi. Bu indikatorlar breloklarni avtomatik tarzda aniqlab, o‘rindiqdagi yo‘lovchilarga qarshilaridagi turgan yo‘lovchi xomilador ekanligi haqida xabar beradi. 

Loyiha mualliflarining fikriga ko‘ra, taklif qilingan texnologiya psixologik diskomfortni kamaytiradi va o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun hamda bo‘lajak onalar uchun ham qulay hisoblanadi. Ammo bunday taklif keyinchalik ham rivojlantirilishi haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas.

Ko‘proq yangiliklar: