Tadqiqot: Yaqin Sharqqa rekord darajada qurol-yarog‘lar yetkazilgan

Jahon 15:18 / 07.06.2016 7983

Yaqin Sharq mamlakatlari, mintaqadagi vaziyat jiddiylashgani bois, harbiy qurollar importini keskin oshirdi, deb yozmoqda The Guardian nashri, tadqiqot natijalariga tayangan holda. 

Hisobot 2013 yil ma'lumotlariga asoslanib tuzilgan. Unga muvofiq, bir yil ichida qurol yetkazib berish hajmi 342 mln dollardan 630 mln dollarga chiqqan.  BAA va Saudiya Arabistoni bu sohada mintaqaning yetakchi davlatlari bo‘ldi. Ammo, qayd etish joiz, ushbu davlatlarning savdo sohasidagi shaffofligi unchalik ham oshkora emas.
 
Eksport qiluvchi davlatlar ro‘yxatida, yengil qurollar sotish bo‘yicha AQSh yetakchi hisoblanadi. U, 2013 yili 1,1 mlrd dollarlik o‘qotar qurol sotgan. Undan so‘ng, Italiya (644 mln dollar) va Germaniya (557 mln dollar) yuqori savdo ko‘rsatkichiga ega. Ushbu 3ta davlat hissasiga jahon qurol-yarog‘ eksportining 40 foizi to‘g‘ri keladi. 

Rossiya o‘qotar qurollar eksporti bo‘yicha 499 mln dollar bilan 8-o‘rinda turishi barobarida bir yilda 99 mln dollarlik qurol xarid qiladi.  

Gazetaning ta'kidlashicha, bu raqamlar, savdo jarayonining oshkora emasligi bois, jahon qurol-aslaha bozorining haqiqiy hajmini ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, qurollar savdosi Suriya, Iroq va Liviyadagi mojarolarga naqadar salbiy ta'sir etayapti?, degan savol kun tartibiga chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: