Neymarga 2 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda

Sport 16:47 / 07.06.2016 8660

Ispaniya oliy sudi prokuraturasi «Barselona» hujumchisi Neymarga nisbatan ish ochmoqchi

Gap braziliyalik futbolchi 2013 yilda «Santos»dan kataloniyaliklar safiga o‘tayotganida DIS investitsion jamg‘armasiga nisbatan firibgarlik qilgani bo‘yicha shubha haqida ketmoqda.

Prokuratura Neymar, uning ota-onasi, «Barselona» va «Santos» klublari sobiq prezidentlari Sandro Rosel va Odilio Rodriges, shuningdek, futbolchining otasiga tegishga korxonalarga nisbatan ayblov ilgari surilishi kerak deb hisoblaydi. 

Neymar va uning otasi jinoyat kodeksining 286 va 288 moddalariga binoan aybdor deb topilishi mumkin. Bu moddaga ko‘ra, aybdorga olti oydan 2 yilgacha qamoq jazosiga tahdid soladi.

DIS vakillarining ta'kidlashicha, kompaniya «Barselona» «Santos»ga to‘lagan puldan 40 foizini olishi kerak, lekin ularga 17,1 mln yevroga tekkan. Keyinchalik, kataloniyaliklar hujumchi uchun 83,3 mln yervo to‘lashgani ma'lum bo‘lgan.

Avvalroq sud bu ish bo‘yicha Sandro Rosel va «ko‘k-anorranglilar»ning hozirgi rahbari Xosep Mariya Bartomeuni oqlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: