Xitoy AQSh institutsional sarmoyadorlariga 38 mlrd dollarlik kvota taqdim etadi

Iqtisodiyot 18:25 / 07.06.2016 3809

XXR AQShning institutsional sarmoyadorlariga ilk marotaba 250 mlrd yuan (38 mlrd dollar)lik kvota taqdim etishga qaror qildi. Bu mablag‘lar Xitoy qimmatbaho qog‘ozlarini xarid qilish uchun sarf qilinadi. Xitoy markaziy banki rahbari o‘rinbosari I Gan, xitoy-amerika strategik va iqtisodiy muloqoti doirasida shu haqda ma'lum qilgan. 

Xitoy-amerika strategik va iqtisodiy muloqotining 8-davra suhbati 6-7 iyun kunlari Pekinda bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda, Amerika tomonidan AQSh davlat kotibi Jon Kerri ishtirok etgan. 

"XXR AQSh bilan hamkorlikni yuksak qadrlaydi. Tomonlar, Shimoliy Amerikada yuandan foydalanishni birga targ‘ib qiladi", -deb qo‘shimcha qilgan I Gan.

2011 yili amaliyotga kiritilgan RQFII mexanizmi, xorijiy kompaniyalarning Xitoy fond bozorida sotiladigan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarini xarid qilish uchun asosiy manba hisoblanadi. 2012 yili, Xitoy qimmatli qog‘ozlar nazorati bo‘yicha qo‘mitasi xorijlik sarmoyadorlar uchun kvotani 30 mlrd dollardan 80 mlrd dollarga oshirgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: