Qirg‘iziston hukumatining Bishkek shahri yaqinidagi qarorgohi "Ala-Archa"da MDH davlatlari hukumat rahbarlari yig‘ilishi o‘tkazilishi boshlandi.
Sammitda 22 ta masala ko‘rib chiqilib, tegishli hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Ushbu hujjatlar orasida axborot almashish to‘g‘risida, elektr energetikasi obektlaridagi avariyalar to‘g‘risida, elektr energetika sohasida professional ta'lim bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida, radioaktiv manbalarni ko‘chirish masalalari bo‘yicha axborot hamkorligi to‘g‘risidagi bitimlar bor.
Ayni vaqtda RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Qozog‘iston bosh vaziri – Karim Misimov, Moldaviya bosh vaziri– Pavel Filip, Belarus bosh vaziri – Andrey Kobyakov, Tojikiston bosh vaziri – Qahhor Rasulzoda hamda Qirg‘iziston bosh vaziri Joonbek Sooronboyev ishtirokida tor doiradagi majlis boshlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov, Armaniston bosh vazir o‘rinbosari Vache Gabriyelyan, Ozarbayjon bosh vaziri o‘rinbosari Ayubov Yoqub Abdulla o‘g‘li va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Satliq Satliqov ham Bishkekda. Ukraina vakili sifatida mamlakatning Qirg‘izistondagi elchisi Nikolay Doroshenko hamda MDH ijroiya qo‘mitasi raisi asosiy yig‘ilishlarda ishtirok etish uchun yetib kelishi kutilmoqda.
Yig‘ilishda MDHga a'zo davlatlar hukumat rahbarlari Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Yig‘ilishdagi muhokamalarning asosiy qismi iqtisodiy sohadagi hamkorlik masalalariga qaratiladi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi masalalarga e'tibor qaratiladi.