Venesuela shaharlarida Maduro tarafdorlari mamlakat ishlariga aralashgan xorijliklarga qarshi namoyishlar o‘tkazdi

Jahon 07:53 / 05.06.2016 3890

Minglab venesuelaliklar prezident Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlagan holda namoyishga chiqishdi. Ular xorijliklarni Venesuela ichki ishlariga aralashishda ayblashgan.

"Bu shuni ko‘rsatadiki, xalq faqat tinchlikni istaydi va qandaydir xorijliklar mamlakatdagi demokratik tizimga xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymaydi. Venesuelada demokratiya Konstitutsiya bilan mustahkamlab qo‘yilgan", deya Venesuela sotsialistik birlik partiyasi a'zosi bo‘lgan deputat Elias Xauaning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Norozilik namoyishlari Ansoategi, Barinas, Karabobo, Portugesa, Suliya, Tachira va Falkon shtatlarida bo‘lib o‘tgan.

Namoyishchilar Venesuela bilan munosabatlarda Amerika davlatlari tashkilotining Amerika davlatlari demokratik xartiyasining bir qator moddalari qo‘llanishiga qarshi chiqishmoqda. Bu moddalarga ko‘ra, "konstitutsiya orqali demokratiyaga zarar keltiruvchi o‘zgarishlar kiritilgani" uchun bunday mamlakat tashkilot a'zoligidan chiqariladi.

Ko‘proq yangiliklar: