Turkiya kompaniyasi Eronda 4,2 mlrd dollar evaziga 7ta elektrostansiya quradi

Iqtisodiyot 10:50 / 05.06.2016 5377

Turkiyaning Unit International kompaniyasi Eron energetika vazirligi bilan 7ta gaz elektrostansiyasi qurib berish bo‘yicha bitim tuzgan. Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, kelishuv qiymati 4,2 mlrd dollarni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, elektrostansiyalar Eronning 7ta alohida tumanida barpo etiladi. Ularning quvvati 6,020 MVt bo‘ladi. Qurilish ishlari 2017 yilning birinchi choragida boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, gaz elektrostansiyalari qurilishi bo‘yicha hujjatlar 1 iyun kuni Tehronda imzolangan.

Ko‘proq yangiliklar: