Moskvadagi mushuklar teatri asoschisi Yuriy Kuklachev o‘zining katta ko‘lamdagi yangi loyihasi haqida so‘zlab berdi. Mashhur sirkchi o‘zining yoqimtoylari uchun saroy qurib bermoqchi. Uning aytishicha, obektni barpo etish uchun million dollardan kam bo‘lmagan summa talab etiladi. Kuklachev kerakli pulni xomiylardan topishga umid qilmoqda. Mushuklar boshpanasi uchun joy ham tanlandi, u Isroilning Ashkelon shahrida quriladi.
"Bu g‘oya menda ancha avval paydo bo‘lgan. Biz ko‘rgazmalar o‘tkazganimizda 100 ga yaqin mushuk ko‘rsatamiz. Bu yerda esa minglab mushuklar yashaydi. Misol uchun, biz Ashkelonning barcha mushuklarini to‘plab, bu "saroy"ga joylashimiz mumkin", deb aytdi Kuklachev.
Mushuk o‘rgatuvchining g‘oyasi bo‘yicha, saroy geografik jihatdan bir nechta tematik qismlarga bo‘linadi. Xonalarda Misr ehromlari yoki fors karavotlari bo‘ladi, ulardan har birida bu davlatlarda paydo bo‘lgan mushuklar yashaydi.