O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2018 uchinchi saralash bosqichidagi raqiblaridan biri — Eron termasi 2 iyun kuni o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Keyrush shogirdlari Makedoniyaga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Forslarning uch goliga ham Sardor Azmun mualliflik qildi. «Rostov» futbolchisining gollariga Trajkovski bitta gol bilan javob qaytardi.
Endilikda 21 yoshli bu futbolchining terma jamoadagi gollari soni 17taga yetgan.
Eron terma jamoasi 7 iyun kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
O‘rtoqlik o‘yini
2 iyun. Skope. National Arena Filip II stadioni.
Makedoniya – Eron – 1:3 (1:2)
Gollar: Azmun, 8 (0:1). Traykovski, 10 (1:1). Azmun, 20 (1:2). Azmun, 60 (1:3).
Makedoniya: Dimitriyevski, Shikov, Ristovski, Ristevski, Zaykov (Juta, 46), Radeski (Nestorovski, 62), Nikolov (Babunski, 46), Naydenov (Peshevski, 63), Pandev (Demiri, 46), Trichkovski (Jorjyev, 63), Traykovski.
Eron: Beyranvand — Puraliganji, Haysafi, Muntaziri, Rizoyon — Dejaga (Shojayi, 71), Amiri (Muhammadi, 46), Ezatolahi (Purgoz, 75), Jahonbaxsh (Taremi, 64) — Shojayan (Torabi, 64), Azmun (Ansarifard, 65)
Ogohlantirishlar: Peshevski, 64 — Haysafi, Ezatolaxi, Ansarifard.