2 iyun kuni Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Angliya va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi.
"Uembli"da bo‘lib o‘tgan uchrashuv tugashiga 4 daqiqa qolganida Kris Smolling tomonidan urilgan gol evaziga inglizlar kichik hisobda g‘alaba qozonishdi.
Bahsning 35-daqiqasida portugaliyalik futbolchi Bruno Alvesh Harri Keynga nisbatan o‘ta xavfli o‘yin uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydondan chetlatilgandi.
Mazkur o‘yinda Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi Krishtianu Ronalduga dam berishga qaror qildi.
O‘rtoqlik o‘yini
Angliya – Portugaliya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 86 Smolling.
Angliya – Hart, Keyxill, Rouz, Uoker, Smolling, Milner (Uilsher, 66), Dayyer, Alli (Xenderson, 90), Keyn (Starrij, 78), Vardi (Sterling, 66), Runi (Lallana, 78).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Karvalyu (Eder, 90), Alvesh, Elizeu, Viyeyrinya, Nani (Kuarejma, 61), Danilu Pereyra, Joau Mariu (Andre Gomesh, 46), Moutinyu (Vilyam Karvalyu, 73), Rafa Silva (Fonte, 38), Adriyen Silva (Sanshesh, 72).
Ogohlantirishlar: Keyxill (43), Danilu Pereyra (76).
Chetlatish: Alvesh (35).
Angliya terma jamoasi Yevro-2016 turnirining "B" guruhida Slovakiya, Uels va Rossiya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.
Portugaliya terma jamoasining Yevro-2016 guruh bosqichidagi ("F" guruhi) raqiblari esa Islandiya, Avstriya va Vengriya.