AQSh harbiy-havo kuchlarining Blue Angel pilotaj guruhining F-18 samolyoti Tennessi shtatidagi Smirna shahri yaqinida falokatga uchradi.
Bu haqda mahalliy KKTV11 News telekanali ma'lum qildi.
WKRN News 2 telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, falokat oqibatida samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.
Associated Press axborot agentligining mahalliy hokimiyatga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, samolyot uchuvchisi katapulta qilishga ulgura olmagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u halok bo‘lgan deb hisoblanmoqda. Aholi orasida qurbonlar bo‘lmagan.