Rubl yaqin orada "portlovchi qulash"ga uchrashi prognoz qilindi

Iqtisodiyot 08:30 / 03.06.2016 16904

Yaqin istiqbolda Rossiya valyuta bozorida narxlarning keskin o‘zgarishi yuz beradi – dollarning kursi 74 rubldan yuqoriroqqa ko‘tarilishi mumkin. Tegishli ma'lumot "Alfa-bank"ning tahliliy sharhida keltirilgan.

Bankning yetakchi tahlilchisi Alan Kaziyevning aytishicha, oxirgi 1-2 oy ichida dollar/rubl juftligi 64,5-67 rubl atrofida barqarorlashdi. Bu oraliqdan chiqish savdoning keyingi yo‘nalishini belgilaydi. "Yo‘nalish xarakteriga kelsak, u portlovchi xarakterda bo‘ladi", deb hisoblamoqda Kaziyev.

Kaziyev bir dollar uchun 67 rubl chegarasini e'tibor bilan kuzatishga chaqirmoqda. Bu chegara bosib o‘tilgandan keyin, AQSh dollarini sotib olish maqbul bo‘ladi.

2 iyunda Moskva birjasida dollar narxi 66,78 rublni, yevro narxi 74,87 rublni tashkil qildi. Londonning ICE birjasida Brent nefti 49,95 dollardan sotilmoqda.

1 iyunda Sberbankning investitsion filiali – Sberbank CIB iyunda rubl bir necha sabablarga ko‘ra zaiflashishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Rublga ta'sir qiluvchi omillar qatorida OPeK sammiti (2 iyunda bo‘lib o‘tdi), Yevropa Markaziy banki yig‘ilishi (2 iyunda bo‘lib o‘tdi) yakunlari  va AQSh Federal zaxira tizimi rahbari Janet Yyellenning chiqishi (6 iyunga belgilangan) aytib o‘tildi.

Ko‘proq yangiliklar: