Putin ichki ishlar vazirligining bir qator generallarini o‘z lavozimidan bo‘shatdi

Jahon 01:00 / 03.06.2016 13150

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ichki ishlar vazirligining bir qator yuqori lavozimdagi xodimlarini egallab turgan lavozimlaridan bo‘shatdi.

Tegishli farmon huquqiy axborot rasmiy portalida chop etildi.

O‘z lavozimidan quyidagi xodimlar ozod etildi:
politsiya general-mayori Igor Bojkov — Rossiya ichki ishlar vazirligining Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi Moskva metropolitenidagi ishchi ishlar boshqarmasi boshlig‘i; 
politsiya general-mayori Aleksandr Lebedev — IIVning davlat himoyasida bo‘lgan shaxslarning xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i; 
politsiya general-mayori Ivan Birnik — IIV maxsus vazifalarni bajaruvchi va aviatsiya bo‘linmalari faoliyatini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i;
politsiya general-mayori Igor Mitrofanov — IIVning Tomsk viloyati boshqarmasi boshlig‘i;
politsiya general-leytenanti Yuriy Tomchak — IIVning Omsk viloyati boshqarmasi boshlig‘i.

Putin shuningdek bir qator yangi tayinlashlarni amalga oshirdi. Politsiya general-mayori Sergey Bachurin IIVning Shimoliy Kavkaz federal okrugi bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i, politsiya general-leytenanti Yevgeniy Martinov IIV bosh inspektori, politsiya polkovnigi Ivan Gorbunov IIV jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ko‘proq yangiliklar: