Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Rossiyadan himoyalanish uchun 35 ming kishidan iborat xalq lashkari tayyorlashga qaror qildi

Polsha Rossiya bilan munosabatlar taranglashgani munosabati bilan 35 kishidan iborat ko‘ngillilar qo‘shini yig‘ish qarori haqida e'lon qildi. Bu haqda Spiegel Online nashri Polsha Mudofaa vazirligi vakili Gjyegoj Kvasnyakka asoslanib xabar bergan.
Mudofaa maqsadidagi bunday bo‘linmalarni shakllantirish shu yilning sentabrida boshlanadi. Mamlakat bosh vaziri Antoni Macharevich bu armiyaga kim qo‘mondonlik qilishi ham aniq ekanini aytgan.
Deutsche Welle radiosi xabariga ko‘ra, bunday bo‘linmalar tarkibiga fuqarolar orasidan ko‘ngillilar tanlab olinib, harbiy tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.
Ko‘ngilli harbiylarga har oyda 125 yevro miqdorida maosh tayin qilinadi.
Ukrainadagi siyosiy inqiroz boshlangach, Polshada ko‘plab kishilar mustaqil mudofaa otryadlariga yozilishni boshlagan. Hozirgi kunda bunday bo‘linmalar tarkibida 12 mingga yaqin ko‘ngilli bor.
Bundan oldinroq, Polsha NATOdan yordam olishi haqida ma'lum bo‘lgandi. Alyans batalonlaridan biri mamlakat hududiga joylashtiradi, yana 3ta batalon Boltiq bo‘yidagi Estoniya, Latviya va Litvada joylashadi.
Bu batalonlardagi askarlarning umumiy soni 4 ming askardan iborat bo‘ladi.
Bu boradagi ishlar NATOning Varshavada 8-9 iyul kunlari o‘tkaziladigan sammitida ko‘rib chiqiladi.
7-17 iyun kunlarida ko‘ngillilar otryadi ilk marta NATOning Polsha hududidagi harbiy manyovrlarida ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Gvatemala sohillarida 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 21:17
-
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos
Jahon | 21:05
-
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi
Fan-texnika | 20:34