OPeK sammitidagi jarayonlardan keyin tushgan neft narxi yana ko‘tarila boshladi 

Iqtisodiyot 18:14 / 03.06.2016 7144

Neft bozori OPeKning so‘nggi o‘tkazilgan samarasiz uchrashuvi natijalarini tezda unutib, juma kunida narxlarning o‘sishini qayd etdi.

Bugun Brent turidagi neft o‘tgan yilning oxiridan buyon ilk bor 50 dollardan yuqorilagan. Kuzatuvchilar bozor uchun yomon kunlarning ortta qolganini aytmoqda.

OPeK tashkiloti neft narxi tushishni boshlagan so‘nggi 18 oy davomida narxlarni barqaror saqlab qolish yo‘lida amalda biror chora ko‘ra olmadi. Neft yetkazib berish uchun kvotalar belgilanmagan bo‘lib, ko‘plab davlatlar mahsulot yetkazib berish hajmini oshirib bormoqda. Uning hajmini chegaralash bo‘yicha esa neft yetkazib beruvchi davlatlar bir to‘xtamga kela olishmadi.

2 iyun kuni OPeK sammitidagi jarayonlar tufayli Brent nefti narxi 49 dollardan pastga tushib ketgandi.

Seshanba kuni tarqatilgan ma'lumotlarga ko‘ra, OPeK davlatlari neft yetkazib berishni aprelda kuniga 188 ming barreldan 32,44 mln barrelga yetkazgan. Bularning barchasi OPeK tashkilotining neft bozorini boshqarishdagi o‘rni yo‘qolganini anglatmoqda.

Shunday qilib, Brent nefti London birjasida Toshkent vaqti bilan soat 9:55da 1 sentga arzonlagan va bir barreli 50,03 dollarga baholangan.

WTI neftining bir barreli narxi esa Nyu-York tovar birjasidagi (NYMEX) savdolarda shu vaqtda 2 sentga arzonlagan va 49,15 dollarni tashkil etgan.

Neft narxi ko‘tarilishiga AQShda zaxiralar kamaygani haqidagi ma'lumotlar ham sabab bo‘ldi. 2 iyun kuni AQSh energetika vazirligi mamlakatda neft tovar zaxiralari o‘tgan haftada 1,37 million barrelga kamayganini e'lon qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: