Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi, tadbirkor Ilon Maskning ma'lum qilishicha, haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarni barpo etishdagi muammolar to‘liq hal etilgan. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
“Men haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar muammosiga to‘g‘ri yechimdek qarayman”, - dedi u.
Maskning aytishicha, oradan uch yil o‘tib avtomobillar harakatining aksari haydovchisiz amalga oshadi. Mana shu uch yilning bir yili kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish ishlariga sarflanadi.
Shu o‘rinda uning ta'kidlashicha, insonlarni Marsga olib chiqish 2025 yildan boshlab amalga osha boshlaydi.