Liviyaning Zuvara port shahrida, O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘ida 85 muhojir jasadi topildi. Bundan avval 25 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Aniq ma'lumotlarni "Qizil yarimoy" xalqaro tashkiloti rasmiy vakili taqdim qildi.
Uning aytishicha, jasadi qirg‘oqqa chiqarib tashlangan muhojirlarning katta qismi Afrikaning Sahro Kabir cho‘lidan janubda joylashgan hududlaridan kelgan odamlar bo‘lgan.
Avvalroq OAV migratsiya muassasalariga iqtibos keltirgan holda, yil boshidan beri O‘rta Yer dengizida 2,5 mingdan ko‘proq qochqin cho‘kib ketganini ma'lum qilgandi.