FIFA vakillari tashkilot prezidenti Janni Infantinoga nisbatan surishtiruv ishlari olib borilayotgani haqidagi xabarni tasdiqlamadi.
Avvalroq Welt am Sonntag gazetasi Infantinoning ko‘rsatmasiga binoan FIFAning 9-10 may kunlari bo‘lib o‘tgan ijroqo‘m yig‘ilishi protokoli (videoyozuv) yo‘q qilingani haqida xabar bergandi.
Mazkur ishi tufayli FIFA rahbari o‘z lavozimidan 90 kunga chetlatilishi mumkinligi haqida aytilgandi.
«Janob Infantinoga nisbatan hech qanday surishtiruv ishlari olib borilmayotganini ta'kidlashimiz lozim», – deya ta'kidladi FIFA etika qo‘mitasi vakili.
Infantino shu yilning 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari kongressda FIFA prezidenti etib saylangandi.