AQSh Ukrainaga 1 mlrd dollarlik navbatdagi transhni taqdim etdi

Iqtisodiyot 16:27 / 03.06.2016 3247

Ukraina va AQSh o‘rtasida Kiyevga 1 mlrd dollar miqdoridagi navbatdagi uchinchi transh taqdim etilishi to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Bu haqda Ukraina Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatgan.

"3 iyun kuni AQSh Ukrainaga 1 mlrd dollarlik kredit mablag‘i ajratishi to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Bu bo‘yicha hujjatni Ukraina nomidan mamlakat moliya vaziri Aleksandr Danilyuk, AQSh hukumati nomida elchi Jyeffri R.Payyett hamda USAID missiyasi vakili Joel Sandefur imzolagan", deyiladi xabarda.

May oyida AQShning Ukrainaga 1 mlrd dollar miqdoridagi uchinchi transhni ajratishi to‘g‘risidagi reja AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden tomonidan tasdiqlangandi.

Bu mablag‘lar poraxo‘rlikka qarshi kurashda tergov va sud jarayonlarini kuchaytirish hamda mamlakatda Jahon valyuta fondi dasturlariga mos keluvchi soliq islohotlarini o‘tkazishda kafolat bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: