Boks afsonasi Muhammad Ali nafas olish a'zolaridagi muammo sababli shifoxonaga yotqazildi. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.
74 yoshli sobiq bokschining oilasi Alining ahvoli qoniqarli ekanligini ma'lum qildi.
Parkinson kasalligidan aziyat chekuvchi bokschi oxirgi marta omma oldida aprelda ko‘rinish berib, Arizona shtatidagi xayriya kechasiga tashrif buyurgandi.
Ali oilasining rasmiy vakili Bob Gannell sobiq sportchiga o‘pkasidagi muammolar sababli uncha uzoq bo‘lmagan vaqt shifoxonada o‘tkazishiga to‘g‘ri kelishini aytdi.
"Alini uning shaxsiy shifokorlari jamoasi davolaydi. Uning ahvoli o‘rtamiyona", deb ma'lum qildi Gannell. Gannell Ali oilasining OAV "shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini hurmat qilishlari qat'iy so‘ralgan" istagini yetkazib qo‘ydi.
Sobiq bokschi oxirgi marta 2014 yil 20 dekabrda shifoxonaga yotqazilgandi. O‘shanda uning siydik chiqarish yo‘llarida muammolar aniqlangandi.
Ali o‘zining professional faoliyatida 61 ta jang o‘tkazib, 56 tasida zafar quchgan, 5 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Uning nomi professional boksning ramziga aylangan, u o‘ylab topgan "qo‘llar ishlaydi, ko‘zlar ko‘radi: kapalak kabi qanot qoqib, ari kabi chaq" taktik sxemasi hozirda ham qo‘llanib keladi. Ali, shuningdek, 1960 yilgi Olimpiya chempioni hisoblanadi, 1999 yilda "asr sportchisi" deb tan olingandi