Afg‘oniston Rossiya bozoriga meva va sabzavotlar eksportini yo‘lga qo‘ymoqchi

Iqtisodiyot 16:19 / 03.06.2016 14918

Kobul Rossiyada meva va sabzavotlar eksportini yo‘lga qo‘ymoqchi, xususan, bu o‘rinda gap qovun, olma va bodring eksporti haqida ketishi mumkin. Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasining birinchi vitse-prezidenti Alokazay Xanchjon bu haqda ma'lum qildi. 

"Afg‘oniston 1 million tonnadan ortiq meva yetishtiradi: bu asosan olma, qovun, anor mevalari. Shuningdek, biz bodring yetishtirmoqdamiz. Turkiyaga nisbatan oziq-ovqat embargosi kiritilganidan keyin biz meva-sabzavot eksportining bir qismini to‘ldirishimiz mumkin. Bizning tadbirkorlarimiz bunga tayyor", - dedi Xanchjon Rossiya-Afg‘on forumida ishtiroki chog‘ida. 

"Biz bu borada ikki tomonlama memorandumni imzoladik, endi shu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatamiz. Buni shaxsan Afg‘oniston prezidentining istagi", - deya qo‘shimcha qildi u.

O‘z o‘rnida Rossiya Federatsiyasi savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Padalkoning ta'kidlashicha, Rossiya tomoni Afg‘onistonning meva va sabzavotlar eksportiga doir "har bir taklifini o‘rganib chiqadi" va uning yo‘lga qo‘yilishi uchun barcha sharoitlarni yaratadi.

Ko‘proq yangiliklar: