Rossiya yuk mashinalari haydovchilari Turkiya chegarasini kesib o‘tayotganda 1 iyundan majburiy tartibda vizalarga ega bo‘lishlari kerak, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Turkiya xalqaro yuk tashuvchilari uyushmasida aytildi.
"Uzoq vaqt davomida Turkiya rossiyalik yuk mashinalari haydlovchilariga viza kiritmagandi, biroq 1 iyundan Rossiya tomonidan turk mahsulotlarini chegarada nazorati kuchaytirilgani sababli buni qilishga majbur. Biroq biz Rossiya samolyoti urib tushirilishi bilan bog‘liq voqeagacha amal qilgan soddaroq viza tartibiga qaytishga umid qilamiz", deb aytdi uyushma vakili.
Manbaning ma'lum qilishicha, bu yil boshida Rossiya bir tomonlama tartibda viza tartibini, jumladan turk yuk mashina haydovchilari uchun viza tartibini kiritdi, bu esa ularni muqobil Kaspiy yo‘nalishidan foydalanishga majbur qildi.
Bu masala yuzasidan Turkiya ichki ishlar vazirligida izoh olishga muvaffaq bo‘linmadi.