Suzuki Yaponiyadagi 3ta zavodi faoliyatini to‘xtatdi

Iqtisodiyot 09:02 / 02.06.2016 4405

Yaponiyadagi Suzuki Motor avtokonserni mamlakatdagi 3ta zavodida avtomobil yig‘ish ishlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bunga  tormoz tizimi uchun kerakli detallar ishlab chiqaruvchi zavodda yuz bergan portlash sabab hisoblanadi.

Suzuki zavodlarida avtomobil yig‘ish ishlari 3 kunga to‘xtatilgan. Bu zavodlar Xonsyu orolining markazidagi Sudzuoka prefekturasida joylashgan.

30 may kuni Toyota guruhiga qarashli tormoz tizimi uchun kerakli detallar ishlab chiqaruvchi Aisin Seiki Co.Ltd, korxonasida kuchli portlash yuz bergan edi. Portlashda 4 kishi jabrlangan va ushbu zavod o‘z faoliyatini bir necha kunga to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Portlash sabablari aniq aytilmagan.

Bundan oldinroq, shu sabab tufayli Toyota Motor 9ta zavodidagi 14 ta konveyeri faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar qilingandi.

Toyota zavodlari o‘zining mashhur “kanban” (aniq vaqtida) tizimida ishlaydi, ya'ni kerakli detallar konveyerga aynan mashinaga o‘rnatish vaqtida yetkizib beriladi. Zavod omborxonalarida ehtiyot qismlar zaxiralari saqlanmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: