Suriyaning Aleppo shahrida jangarilar o‘qidan oyog‘i yaralangan o‘n yashar Sidra Zaarur tibbiy brigada tomonidan Il-76 harbiy-transport samolyotida Moskvaga keltirildi. Bu haqda Rossiya harbiy vazirligi matubot xizmati xabar bermoqda.
“2016 yilning 1 iyun kuni Sidra Zaarur barcha tibbiy jihozlar bilan ta'minlangan Il-76 harbiy-transport aviatsiyasi yordamida Moskvaga keltirildi... Zaarur Rossiya bolalar shifoxonasiga yotqizilgan. Bu yerda u davolanadi va shifo kurslaridan o‘tadi”, - deyiladi ma'lumotda.
Yana shuni ma'lum qilishdiki, qizchani Rossiyadagi shifoxonalardan birida davolanishini uning ota-onasi iltimos qilgan.