Reuters: OPeK  2 iyunda neft olish hajmini muzlatish masalasini ko‘rib chiqadi

Iqtisodiyot 00:14 / 02.06.2016 5577

OPeK davlatlari 2 iyundagi yig‘ilishda neft olish hajmini muzlatish masalasini ko‘rib chiqadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Bu haqda birvarakayiga OPeKdagi 4 ta manba ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, muzlatish masalasi bo‘yicha kelishuvga kelinsa, bu OPeK davlatlari o‘rtasida yirik murosaga kelish bo‘ladi.

Uchta manbaning aytishicha, neft olish hajmining eng yuqori darajasini hozirgi kuniga 30 mln barreldan ancha yuqoriroq o‘rnatish lozim, biroq yakuniy raqam uzoq muzokaralarni talab qilishi mumkin.

Avvalroq Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Venada iyunda o‘tadigan OPeK sammitida ishtirok etish imkoniyatini ko‘rib chiqmayotganini ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: