OPeK davlatlari neft olish hajmini muzlatish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi

Iqtisodiyot 20:43 / 02.06.2016 4125

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPeK) a'zolarining bugun Venada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ham neft olish hajmini muzlatish bo‘yicha kelishuvga erishilmadi. Bu haqda Reuters agentligi uchrashuv qatnashchilaridan biriga asoslangan holda xabar tarqatgan.

"OPeK davlatlari neft qazib olish hajmini hozirgi holatida saqlab turish bo‘yicha siyosatni o‘zgartirishga kelisha olishmadi", deyilgan xabarda.

Bugungi yig‘ilishda neft olish hajmining eng yuqori darajasini hozirgi kuniga 30 mln barreldan ancha yuqoriroq o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishish kutilayotgandi.

Eron neft qazib olish hajmini kamaytirishga va'da berishdan bosh tortdi

Ko‘proq yangiliklar: