Olmaotada 9 qavatli uyning egilib qiyshayishi tufayli 200dan ortiq kishi ko‘chirildi

Jahon 11:30 / 02.06.2016 7238

Olmaota shahri mikrotumanlaridan biridagi to‘qqiz qavatli uyning egilib qiyshayib qolishi tufayli unda istiqomat qiluvchi 208 nafar kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi, deb xabar qilgan RIA Novosti agentligi Qozog‘iston IIV favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Ruslan Imankulovga asoslangan holda. 

Ma'lum bo‘lishicha, bino yer cho‘kishi sabab qiyshayib qolgan. 

Uyda yashovchilar payshanbaga o‘tar kechasi fuqarolardan biri ko‘p qavatli uyning egilishini sezib qolgach, ko‘chirila boshlangan. 

"Yer cho‘kishi va uyning biroz qiyshayishi kuzatilmoqda. Ayni vaqtda barcha favqulodda xizmatlar jalb etilgan, ular tunbo‘yi navbatchilik qilishdi. Navbatchilik maxsus ko‘rsatma bo‘lguncha davom ettiriladi", — degan Qozog‘iston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili. 

Ko‘chirilganlarning 90dan ortig‘i mehmonxonalarga joylashtirilgan, qolganlari qarindoshlarinikida qolishni ma'qul ko‘rgan.

 

 

Ko‘proq yangiliklar: