Obama Liviyadagi mojarolarga aralashgani eng katta xatosi bo‘lganini ta'kidladi

Jahon 12:09 / 02.06.2016 9347

AQSh prezidenti Barak Obama o‘z vakolatining oxirgi yilida yana bir marta o‘z prezidentligi davrida qilgan eng katta xatosiga to‘xtalib o‘tdi. U tashqi siyosat bobida Liviyadagi siyosiy nizolarga aralashganini o‘zining eng katta xatosi bo‘lgani sifatida aytib o‘tdi. U bu haqda Elkxart shahrida (Indiana shtati) qilgan chiqishida shu mavzuga to‘xtalib, ayni damda uning aybi tufayli Liviyada "xaos hukmron" ekanini tan olgan.

"Men oldin ham Liviyadagi operatsiyaning yaxshi rejalashtirilmaganini o‘zimning asosiy xatoim deb hisoblashimni aytgandim", deydi u PBS telekompaniyasi tomonidan tashkillashtirilgan konferensiyada amerikaliklarning savollariga javob qaytara turib. U NATO mamlakatlari Muammar Kaddafi tuzumiga qarshi kurash boshlagan isyonchilarni qo‘llab-quvvatlaganini eslab, bu vaziyatda u G‘arb qo‘shinlarining Liviyaga bostirib kirganidan so‘ng sodir bo‘lgan hodisalarni rejalashtira olish imkoniga ega bo‘lmaganini, yangi hukumat tuzilishini hamda mamlakatda xavfsizlikni ta'minlay olmaganini ta'kidladi.

U "ortga qaytishning imkoni bo‘lsa, butunlay boshqacha siyosat yuritgan bo‘lishini" aytgan.

U katta siyosat sahnasida xatolar yuz berishini ba'zida ishonchli ma'lumotlar yetishmasligi bilan izohlagan.

Liviyada 2011 yilning fevralida Muammar Kaddafi tuzumi ag‘darilishi va uning o‘zi o‘ldirilishi ortidan fuqarolar urushi kelib chiqqan. Natijada mamlakat ikki lagerga ajralgan. 

Tripoli va uning atrofida jahon hamjamiyati tomonidan olinmagan Xalif al-Gveyl boshchiligidagi radikal kuchlar tuzgan hukumat nazorat o‘rnatgan bo‘lsa, mamlakat sharqida, Tobruk shahri va uning atrofida Abdulla Abdurahmon at-Taniy boshchiligida Liviyaning "sharqiy hukumati" mavjud.

Shu yilning mart oyida BMT homiyligida Liviyada Milliy birlik hukumati tuzildi. Shu oyning o‘zida Tripolidagi harbiy-dengiz bazasida Vazirlar Mahkamasining bir necha a'zolari bo‘lishdi. Lekin ular mamlakatdagi ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatloviga erisha olmadi.

Ko‘proq yangiliklar: