Somali poytaxti Mogadisho shahridagi mehmonxonaga qilingan hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 nafarni tashkil etmoqda.
Reyter agentligining mahalliy hukumatga asoslanib xabar berishicha, Ambassador mehmonxonasi oldida jangarilar tomonidan avtomobil portlatilishi orqali sodir etilgan bu terakt tufayli 55 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Mamlakat xavfsizlik xizmatidagi manbaning ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda mehmonxona hududida jangarilar bilan olib borilgan otishmalar to‘xtagan. Guvohlar esa otishma ovozlari eshitilishi davom etayotgani haqida aytishgan. Hukumat kuchlari mehmonxonaga olib boradigan barcha yo‘llarni to‘sib qo‘ygan.
Bu hujum uchun javobgarlikni "Ash-Shabob" guruhi o‘z zimmasiga olgan.