Los-Anjyelesdagi Kaliforniya universitetida yuz bergan otishmada 2 kishi halok bo‘ldi. Ularning tanasi bir joyda – universitetning muhandislik korpusida aniqlangan.
Keyinroq halok bo‘lganlardan biri otishma etgan shaxs ekanligi ma'lum bo‘ldi. Los-Anjyeles politsiyasi shefining ma'lum qilishicha, bosqinchi qotillik sodir etib, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan.
Ikki kishining halok bo‘lgani universitetning tvitterida ma'lum qilindi. "Politsiya kampusdagi otishmada ikki kishi halok bo‘lganini tasdiqladi", deb yozdi universitet ma'muriyati.
Voqeadan keyin ta'lim muassasasidagi mashg‘ulotlar bekor qilindi, talabalar va xodimlardan o‘z xonalarida qulflanib olish so‘raldi.