Los-Anjyelesda aspirant professorni otib tashladi, so‘ngra o‘z joniga qasd qildi

Jahon 11:53 / 02.06.2016 3886

Mashhur Kaliforniya muhandislik universitetining (UCLA) so‘nggi paytlarda depressiya holatida yurgan talabasi mashinasozlik kafedrasi professorini kampus binosi ichida otib tashladi, so‘ngra esa o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Politsiya chaqiruvga binoan talabalar shaharchasiga tonggi 10 lar atrofida yetib kelgan. Shu paytda minglab talaba va xodimlar sinfxona va ofislarni tasma va stollar yordamida berkitishga uringan. Jinoyatchi professor bilan bir xonada qolgan va aloqaga chiqmagan. Oradan ikki soat vaqt o‘tib uch marta o‘q uzilgani ovozi eshitilgan. Xonaga yoprilib kirgan politsiya u yerda yotgan ikki jasadga va o‘lim oldi yozilgan xatga ko‘zi tushgan.

Associated Press halok bo‘lganning ismini ma'lum qildi. Bu Uilyam S.Klug bo‘lib, ikki nafar kichik bolaning otasi bo‘lgan. Qotilning ismi esa ma'lum qilinmagan. Faqatgina uning universitetda aspirant bo‘lganligi va so‘nggi vaqtlarda chuqur depressiyada yurganligi ma'lum bo‘lgan.

Fojia 43 ming talaba tahsil oladigan Kaliforniya universitetining bitiruv imtihonlariga bir hafta qolganida yuz bergan.

Ko‘proq yangiliklar: