FT: Saudiya Arabistoni Uber taksi-xizmatiga sarmoya kiritadi

Iqtisodiyot 09:08 / 02.06.2016 3111

Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi Uber taksi chaqirish xizmatiga sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda. 

Nashrning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni jamg‘armasi va Uber o‘rtasidagi muzokaralar 2016 yil mart oyida boshlangan.

Jamg‘arma direktorlar kengashi bosh kotibi Yasir Alrumayon Uber "butun dunyo shaharlarida mobilligini yaxshilaganini" ta'kidlab o‘tdi va bu jarayonning ishtirokchisi bo‘lishni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.

Financial Times ma'lumotlariga ko‘ra, Alrumayon kompaniyaning direktor kengashiga kiradi, Saudiya Arabistoni jamg‘armasining investitsiyalari Uber’da 5 foizlik ulushni keltirishi lozim.

Uber xizmati vakillarining aytishicha, Ar-Riyodning investitsiyalari kompaniyaning mamlakatdagi ish hududini oshirish majburiyatini ko‘zda tutmaydi. Hozirda taksi xizmatidan mamlakatning 5 ta shahri aholisi foydalanish imkoniga ega.

Ko‘proq yangiliklar: