Surunkali yomg‘irlar va daryo sathining ko‘tarilishi tufayli vujudga kelgan suv toshqinlari, 5,5 mingdan ortiq insonni ko‘chirishga sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Fransiya ichki ishlar vazirligi.
"Bu amaliyotlarda turli xizmatlarning 885 nafar xodimi xizmat qilyapti. O‘t o‘chirish va qutqaruv bo‘linmalari, o‘tgan yakshanbadan beri 10 537 marta fuqarolar chaqirig‘i bo‘yicha joylarga xizmat safarini amalga oshirgan", - deyiladi IIV xabarnomasida.
Ayni vaqtda, Parijdan g‘arb, sharq va janub-sharqiy tomonlarda joylashgan bir necha departamentlarda murakkab vaziyat saqlanib turibdi. Ayrim shaharlar ko‘chalarida suv sathi bir yarim-ikki metrni tashkil etmoqda. Biroq, meteorologlar, yangi yomg‘irlar haqida xabar qilishgan.
Unga ko‘ra, 2 iyundan Fransiyaning shimoliy va markaziy hududlarida surunkali yomg‘irlar boshlanadi. Ob-havo sharoiti shanba kuniga kelib, birmuncha yumshashi mumkinligi aytilmoqda.