Fransiya g‘arbida sayyohlik samolyoti halokatga uchradi

Jahon 14:09 / 02.06.2016 2476

Fransiyadagi Koye shahri yaqinida yengil ikki motorli sayyohlik samolyoti halokatga uchradi. Bu haqida mintaqaning qutqaruv xizmati xabar qildi.

Samolyotning qulashi natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir jarohat oldi. 1 iyun kuni kechqurun Lion shahri qutqaruv markaziga taxminiy koordinatalari ko‘rsatilgan samolyotdan avtomatik signal kelib tushdi va darhol qidiruv ishlari yo‘lga qo‘yildi. 

Samolyot daladan topilgan, u qulayotgan vaqtida katta daraxtga urilgan va ag‘darilib ketgan. Samolyotning ichidagi kishilardan biri halok bo‘lgan, ikkinchisi esa og‘ir jarohat olib, qutqaruvchilar uni zo‘rg‘a olib chiqishdi.  Bir necha soat davom etgan qutqaruv operatsiyasida 40 nafar qutqaruvchi ishtirok etdi. Jabr ko‘rgan ikkinchi yo‘lovchi vertolyotda eng yaqin shifoxonalardan biriga yetkazildi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot xususiy aerodromlarning biridan uchishni amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: